Messi "Vilyanovense"ga qarshi bahsda ishtirok etmasligi mumkin

Aslanov Jasurbek
2 dek 2015, 12:12
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Vilyanovense"ga qarshi Ispaniya Kubogi 1/16 bosqichida o'z jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.

Argentina terma jamoasi futbolchisi so'nggi mashg'ulotda umumiy guruhda emas, trenajor zalida ishladi. Luis Enrike bugun Kataloniya klubi stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuvda Messini maydonga tushira olmasligi mumkin.

"Barselona" va "Vilyanovense" o'rtasidagi birinchi uchrashuvda gol kiritilmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo