Messi va Pike urushib ketishdi

Mirjalol Normatov
3 fev 2020, 20:43
"AS" xabariga ko'ra, "Barselona" futbolchilari Leo Messi hamda Jerar Pike o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgan.

Qayd etilishicha, ushbu mojaro seshanba kungi tongi mashg'ulotlarda yuzaga kelgan. Ikki futbolchi kichik yoqalashishdan keyin tinchlanishgan. Hozircha ushbu janjal sababi ma'lum emas.

"Barselona" ayni damda LaLiga turnir jadvalida peshqadam "Real"dan 3 ochkoga ortda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS