Messi va Estoniya termasi haqida

Telegramdagi "Futbol analizi" blogi Lionel Messi 5 ta gol urgan Estoniya terma jamoasi haqida yozdi.

"So'nggi 2 kunda Messining penta-trigi  haqida shu qadar ko'p maqtov o'qidimki, o'sha bahsda Argentinaga raqiblik qilgan estonlar haqida ma'lumot bermasam, o'zimni bir umr kechirolmayman.

1. Estoniya terma jamoasi FIFA reytingida 110-o'rinni band qilib turibdi (Hindiston va Serra-Leonedan keyin). Yani, O'zbekiston terma jamoasidan 27 pog'ona pastga joylashgan.

2. Estoniya termasining to'liq tarkibi 7,93 mln evroga baholangan. Bu O'zbekiston milliy jamoasidan 4 marta arzonroq degani. Yana ham aniqroq aytsak, Eldor Shomurodov bu jamoadan qimmatroq.

3. O'zbekiston chempionatida Estoniya terma jamoasidan qimmatroq 2 ta klub bor ("Paxtakor" va "Navbahor").

4. Estoniya Yevropa MLning oxirgi - D ligasida ishtirok etadi (San-Marino, Andorra va Malta bilan).

5. Mazkur jamoa mart oyida Kiprga ham engilgan edi (2:0). 

Xullas, Estoniya Madagaskardan ham kuchsizroq jamoa. Ularga qarshi o'yinda Ro'zimboy Ahmedov ham 3-4 ta gol ura oladi. Leoning 5 goli haqida gapirayotganlarning aksari futbolga aql emas, hissiyot bilan qaraydigan fanatlardir", - deyiladi xabarda.

"Futbol analizi"ga obuna bo'ling


Manba: championat.asia