Messi Ronaldu va Giggz bilan tenglashdi. Oldinda esa faqatgina bir futbolchi bor

Eldor Akmurzayev
7 sen 2022, 09:15
Chempionlar Ligasi yangi mavsum 1-turida PSJ 2:1 hisobida “Yuventus”ni taslim etdi.

Parijliklar forvardi Lionel Messi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 84-daqiqada zaxiraga olindi. Argentinalik hisob bo'yicha musobaqada 19-mavsumini o'tkazmoqda va bu borada Krishtianu Ronaldu hamda Rayan Giggz bilan tenglashdi.

YCHLda eng ko'p qatnashish bo'yicha rekord esa “Real” hamda “Portu” sobiq kiperi Iker Kasilyasga tegishli – 20 mavsum.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport