Messi PSJning navbatdagi o'yinida qatnashmaydi

Sherzod Nurmatov
8 okt 2022, 12:36
Argentinalik futbolchi jarohat olgan.

PSJ hujumchisi Lionel Messi Fransiya chempionatining 10-turida "Reyms"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Bu haqda parijliklar rasmiy sayti xabar berdi.

Argentinalik futbolchi boldiridan jarohatlangan. Himoyachilar Nunu Mendesh va Presnel Kimpembe, shuningdek, yarim himoyachi Renatu Sanshesh ham bahsni o'tkazib yuboradi.

"Reyms" – PSJ uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr