Messi "Nicca" bilan o'yinga tayyor

Alisher
1 dek 2021, 11:07
Hujumchi Lionel Messi PSJning "Nicca"ga qarshi Fransiya chempionati 16-tur doirasidagi o'yin uchun qaydnomasiga kiritildi.

O'yin 1 dekabrda bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.

Dushanba kuni klub Lionel Messi va Leandro Paredesning gastroenterit belgilari sabab mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishganini e'lon qilgandi.

34 yoshli argentinalik joriy mavsum barcha musobaqalarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport