Messi "Marsel"ga qarshi o'yin uchun L’Equipe'dan 4, Neymar esa 3 ball oldi

Alisher
25 okt 2021, 16:53
Fransiyaning L’Equipe nashri "Marsel" va PSJ o'rtasidagi Liga 1 (0:0) 11-tur doirasidagi o'yin uchun futbolchilarga baho qo'ydi.

Ushbu o'yinning eng yaxshi futbolchilari PSJ himoyachisi Markinos, shuningdek "Marsel" o'yinchilari Vilyam Saliba, Pau Lopes va Matteo Genduzi bo'ldi. Ular 7 balldan olishdi.

Eng yomon bahoni esa "Marsel" yarim himoyachisi Dimitri Payet (5 ball) va parijliklar hujumchilari Lionel Messi (4) va Neymar (3) oldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GFFN