Messi faoliyatidagi 500-golini urdi

Nadirkhuja Yuldashev
18 apr 2016, 01:00
Ayni paytda davom etayotgan "Barselona" - "Valensiya" uchrashuvining 63-daqiqasida Leo Messi, o'z faoliyatidagi 500-golini kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu gol Messining "Barselona" safidagi 450, faoliyatidagi esa 500-bo'ldi. 

Argentina terma jamoasi safida 2005 yil debyut qilgan futbolchi, 2006 yilda o'z hisobiga dastlabki golini yozgan. "Barselona"ning asosiy jamoasida 2004/05 yilgi mavsumda gollari hisobini ochgan. Unga qadar, 2003/04 yili "Barselona" - C safida ilk golini urgan. O'sha yilni o'zidayoq "Barselona" - B jamoasiga qo'shilgan argentinalik hujumchi, bosh jamoaga ham jalb qilingan edi.  

O'xshash yangiliklar


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia