

"Reyms" bilan o'yinni (0:0) jarohati tufayli o'tkazib yuborgan PSJ hujumchisi parijliklarning bugungi mashg'ulotlarida qatnashmadi.
Shu tariqa, 35 yoshli argentinalik seshanba kuni Chempionlar Ligasida "Benfika"ga qarshi o'ynamaydi.
Ma'lumot uchun, Messi boldir qismidan kichik jarohat olgan. PSJ uning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaydi va to'liq tuzalib ketmaguncha maydonga tushirmaydi.
Eslatib o'tamiz, PSJ – "Benfika" bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.



