Messi "Barselona"ga "Chelsi" futbolchisini tavsiya qilgan

Mirjalol Normatov
26 may 2018, 20:32
"Barselona" hujumchisi Leo Messi jamoa rahbariyatiga "Chelsi" futbolchisi Markos Alonsoni taklif qilgan.

"Don Balon" xabariga ko'ra, tomonlar yaqin vaqtlarda muzokaralarni boshlashi mumkin. "Chelsi" YCHLga chiqa olmagani uchun ispaniyalikni sotishga tayyor.

O'tgan mavsumda Alonso "Chelsi" tarkibida 33 uchrashuvda qatnashdi va 7 gol urib, 5 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Don Balon