

17 yoshli iqtidor sohibini taklif qilish tashabbuskori parijliklar yulduzi Lionel Messi hisoblanadi. Leo o'z hamyurtining o'yinidan qoyil qolgan va uni hozirgi jamoasida ko'rishni istaydi, deb xabar berdi "Football Italia".
Romero o'tgan yozda "Lacio"ga o'tgan edi. Rim klubi istiqbolli futbolchi bilan ushbu mavsum yakunida tugaydigan mehnat shartnomasini imzolagan.
Argentinalik futbolchi joriy mavsum "burgutlar" tarkibida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.



