Menyan uchun APLning uchta klubi davogarlik qilmoqda

Alisher Ostonov
17 apr 2025
"Milan" darvozaboni Mayk Menyan Italiya A Seriyasidan Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin.

Fransiyalik posbonning xizmatlariga uchta klub qiziqish bildirmoqda. Gap Birmingemning "Aston Villa," Londonning "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari haqida ketmoqda. Ehtimoliy transfer qiymati taxminan 40 million evroga baholanmoqda.

Darvozabon "rossonerilar" safida 2021 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2026 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.

Menyan A Seriyaning joriy mavsumida 31 ta uchrashuv o'tkazib, o'z darvozasidan 35 da to'p olib chiqdi va 11 tasida "quruq" o'yin o'tkazdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Caughtoffside