Mendi va Donnarumma The Best'da bir xil ochko to'plashdi. Nega Eduar g'alaba qozondi?

Оқил Абдубарноев
19 yanv 2022, 20:08
"Chelsi" posboni Eduar Mendi FIFA tomonidan 2021 yilning eng yaxshi darvozaboni uchun taqdim etiladigan sovrinni qo'lga kiritdi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Mendi va Janluiji Donnarummaning bir xil ochko to'plaganini payqab qolishdi - nega unda senegallik posbon g'olib bo'ldi?

Gap shundaki, reglamentga ko'ra, ochkolar teng bo'lsa, ustunlik terma jamoalar sardorlaridan ko'proq ovoz olgan futbolchiga beriladi.

Shu bois Mendi g'olib deb topildi. Biroq u FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi jamoasiga kira olmadi - Donnarumma ushbu ro'yxatdan darvozadan o'rin egalladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia