"Men bir qop kartoshka emasman". "Barselona" o'yinchisi klubdan unga e'tibor berishlarini talab qildi

Alisher
13 apr 2020, 10:44
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich klubdagi hozirgi holatidan qanoatlanmayotganligini ochiqdan-ochiq gapirdi.

- Men bir qop kartoshka emasman. Qayerda faoliyatimni davom ettirishni o'zim hal qilaman. Agar shu yerda bo'ladigan bo'lsa, ajoyib, aks holda o'zim boshqa qarorga kelaman, - deydi Rakitich.

Ivan Rakitich joriy mavsum La Ligada 21ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etgan.

Eslatib o'tamiz, Xorvatiya terma jamoasi o'yinchisi "Barselona"ga 2014 yilda "Sevilya"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo