Meksikada futbolchi qizil kartochka ko'rsatgan hakamni o'ldirib qo'ydi

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2018, 22:30
Hakam futbolchi tomonidan berilgan zarbadan so'ng shifoxonada jon berdi

Meksikadagi havaskorlar o'rtasidagi futbol uchrashuvi fojia bilan tugadi. Futbolchi o'z oldida qizil kartochka ko'rgach hakamning boshiga qattiq zarba berdi, ushbu zarbadan hakam xushidan ketdi. Referi Xalap shahridagi shifoxonalardan biriga etkazildi, u bir hafta komada bo'ldi va 30 dekabr kuni vafot etdi. Hakamning ismi sharifi Xose Valdemar Ernandes Kapitilo edi.

Ushbu hakamni urgan futbolchini qamoqqa olishgani aytilmoqda.


Xose Valdemar Ernandes Kapitilo (chapda)



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk