

“Santos Laguna” klubi a'zosi Xose van Rankin Meksika ligasi tomonidan tashkil etilgan FIFA 2020 bo'yicha kiberfutbol musobaqasini o'tkazib yuboradi. Futbolchi musobaqada tayyorgarlik ko'rish chog'ida qo'lidan jarohat olgan. Uning o'rnini jamoa hujumchisi Eduardo Agirre egallashi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Meksika chempionati ham koronavirus pandemiyasi sabab to'xtatilgan. Shu boisdan liga rahbariyati klublar o'rtasida kiberfutbol musobaqasini tashkil etishga qaror qilgan.




