Virtual La Liga. Serxi Robertoga texnik mag'lubiyat yozildi, Asensioda ishonchli g'alaba va boshqa natijalar

Eldor Akmurzayev
22 mar 2020, 19:25
Ispaniya chempionatida yuzaga kelgan tanaffus tufayli La Liga rahbariyati FIFA 20 simulyatori bo'yicha onlayn turnir o'tkazishga qaror qildi.

Musobaqada yuqori divizonning barcha 20 klubi qatnashmoqda. Har bir jamoadan bir futbolchi o'z klubi sharafini himoya qiladi.

Bugun, 1/8 final doirasida “Barselona” nomidan qatnashyotgan Serxi Roberto “Eybar” yarim himoyachisi Edu Ekspositoga qarshi to'qnash kelishi kerak edi. Biroq, kataloniyaliklar PES simulyatori bilan shartnoma imzolagani bois Roberto mazkur uchrashuvda qatnashmadi va unga texnik mag'lubiyat (0:3 hisobida) yozildi.

Marko Asensio (“Real”) esa “Granada” vakili Xose Martinesdan ustun (2:0) keldi.

Demak, bugun natijalar bilan tanishing:

Serxi Roberto (“Barselona”) – Edu Eksposito (“Eybar) 0:3

Xose Martines (“Granada”) – Marko Asensio (“Real”) 0:2

Manuel Morlanes (“Vilyarreal”) – Karlos Soler (“Valensiya”) 4:2

Jeyson (“Xetafe”) – Borxa Iglesias (“Betis”) 1:7

Bugun o'tkaziladigan 1/4 bosqich bahslaridan keyin ilk yarim finalchilar nomi ma'lum bo'ladi:

22:30, Aytor Ruibal (“Leganes”) – Gorka Guruseta (“Atletik”)

23:00, Lukas Peres ("Alaves") –Markos Lorente (“Atletiko”)

23:30, Edu Eksposito (“Eybar) – Borxa Iglesias (“Betis”)

00:00, Manuel Morlanes (“Vilyarreal”) – Marko Asensio (“Real”)

Eslatib o'tamiz, yarim final hamda final uchrashuvi ertaga tunda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Bahslar La Liganing rasmiy kanallari orqali translyatsiya qilinmoqda,

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Liga