Mehroj Xudoyberdiev: "Mag'lubiyatga sabab himoyadagi xatolar bo'ldi"

Khoja
18 sen 2024, 09:55
O'zbekiston terma jamoasi futzalchisi Mehroj Xudoyberdiev Paragvayga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi.

"Himoyadagi xatolar mag'lubiyatga asosiy sabab bo'ldi deb o'ylayman. O'tgan o'yinda o'zimizning xatolarimiz evaziga 3 ta gol o'tkazib yuborgandik. Imkoniyatimiz boricha maksimal harakat qilamiz. Muxlislar kelib qo'llab-quvvatlasa qo'shimcha kuch bo'ladi",- deydi Mehroj Xudoyberdiev.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia