Mehmonda “Everton”ni mag'lub etgan “Liverpul” 2-o'ringa ko'tarildi

Aslanov Jasurbek
20 dek 2016, 03:15
Angliya Premer-ligasining 17-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mersisayd derbisida “Everton” klubi o'z maydonida “Liverpul” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yagona gol asosiy vaqtga qo'shib berilgan 5-daqiqada Mane tomonidan kiritildi.

Ushbu g'alaba “Liverpul”ni ikkinchi o'ringa olib chiqdi. “Everton” esa to'qqizinchi pog'onada qoldi.

Angliya chempionat. 17-tur

Everton – Liverpul 0:1 (0:0)

20 dekabr, 01.00. “Gudison Park” stadioni

“Everton”: Stekelenburg (Robles, 64), Uilyams, Beyns, Funes Mori, Koulmen, Barkli, Guye, Makkarti (Berri, 46), Lennon, Lukaku, Valensiya (Kelvert-Lyuin, 73).

“Liverpul”: Minole, Klayn, Lovren, Klavan, Milner, Xenderson, Lallana (Jan, 82), Mane (Leyva, 90), Veynaldum, Firmino, Origi (Starrij, 82).

Ogohlantirishlar: Lovren (56), Barkli (68), Koulmen (69), Guye (85).

Bosh hakam: Maykl Din


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia