Mbappedan yana bir o'ziga xos natija

Tolibjon Qosimov
12 okt 2018, 10:48
Kecha xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi doirasida Fransiya terma jamoasi Islandiya bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.

Ushbu bellashuvda francuzlar tomonidan hisob tenglashtiruvchi ikkinchi golni 89-daqiqada Kilian Mbappe penaltidan kiritdi.

Shu tariqa, Mbappe o'ziga xos rekord qayd etdi. "Opta"ning xabar berishicha, Kilian Fransiya terma jamoasi tarkibida 20 yoshga to'lmay turib 10ta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/OptaJean