Mbappedan ayrilgan PSJ ingliz jamoasiga 200 million evro to'lashga tayyor

Khoja
17 fev 2024, 10:05
Yozda PSJni tark etishi aniq bo'lgan Kilian Mbappening o'rniga parijliklar tajribali va mahoratli futbolchi olib kelishni reja qilgan.

Fransiya jamoasi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh bilan shartnoma imzolamoqchi. PSJ misrlik hujumchi uchun ingliz jamoasiga 200 million evro to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Al Ittihod” Saloh uchun transfer rekordini yangilashga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uchun, Saloh joriy mavsum barcha musobaqalarda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasiga 18 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com