Mbappe PSJning asosiy jamoasi bilan mashg'ulotlarda qatnashmayapti

Omonjon To`xtamirzayev
7 avg 2023, 10:26
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe asosiy jamoadan alohida mashg'ulot o'tkazmoqda.

U transferga qo'yilgan futbolchilar bilan birgalikda shug'ullanayotgani ma'lum qilinmoqda. Mbappe va klubni tark etishi kutilayotgan futbolchilar tongda, asosiy jamoa esa kechki salqinda mashg'ulot olib boradi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq PSJ Kilian Mbappeni Yaponiyada bo'layotgan turnega olib ketmagandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.com