"Monako" hujumchisi Kilian Mbappe tez orada PSJ futbolchisiga aylanishi tobora oydinlashib bormoqda.
Bu haqida fransiyalik forvardning "Instagrami"dagi shubhali harakatdan ham bilib olish qiyin emas. Mbappe ushbu ijtimoiy tarmoqdagi o'z sahifasidan "Monako" so'zini olib tashladi.