Mbappe PSJ bilan shartnomasi haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
23 yanv 2021, 09:38
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe shartnomasi bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.

“Hozir men bu haqda o'ylayapman va biz klub bilan muzokara olib borayapmiz. Agar shartnomani uzaytirsam, demakki men bu yerda uzoq qolaman. Bu er men uchun yaxshi joy. Yaqinda bu borada yakuniy qarorni qabul qilishga to'g'ri keladi”, deya Mbappening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Get French Football News nashri o'zining Tvittyerdagi sahifasida.

Mbappe 2017 yildan buyon PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha u “Monako”da to'p tepgan. Hujumchi joriy mavsumda Fransiya chempionatida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek u ushbu mavsum YCHL bellashuvlarida ham ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etishning uddasidan chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get French Football