Mbappe: "Messining o'rnida bo'lganimda sigaret bilan "Oltin to'p"ni olgani chiqardim"

Mirjalol Normatov
14 avg 2022, 15:15
PSJ futbolchisi Kilian Mbappe etti marta "Oltin to'p"ni olgan jamoadoshi Leo Messi haqida gapirdi.

"Marosim bo'ladigan kuni ertalab u juda asabiylashdi. Chunki u ettinchi sovrinini qabul qilib olishi kerak edi. Balki u "Oltin to'p"ni sahnada qanday ko'tarishni o'ylagandir.

Men unga: "Qanday qilib hayajonlanmaslik mumkin, axir Siz u yerda 6 marta bo'lgansiz?" dedim. Uning o'rnida bo'lganimda sahnaga sigareta bilan chiqqan bo'lardim.

Bu Leoning qalbi hali ham yoshligini, yanada yaxshiroq bo'lishga harakat qilayotganini ko'rsatadi. U bundan charchamaydi", - dedi Mbappe.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Équipe