Matyuidi: "Real" PSJga qarshi o'yinda favorit, ammo biz bu mavsumda hamma turnirda g'olib bo'lmoqchimiz"

Aslanov Jasurbek
20 okt 2015, 17:12
PSJ yarim himoyachisi Blez Matyuidi "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi bahsi haqida fikr bildirdi.

"Biz ehtiyot bo'lishimiz kerak. "Real" 10 marotaba Chempionlar ligasida g'alaba qozongan jamoa. Bizga keladigan bo'lsak, biz oldingidek katta yutuqlardan yiroqdamiz. Ular favorit, chunki raqib "Real". Ammo biz ham qarab turmaymiz. Hozircha Yevropada hech narsaga erishmadik. Bu yilda jiddiy yutuqqa erishishni xohlaymiz. Chempionlar ligasida Yevropaning eng kuchli jamoalari yig'ilganidan xabarimiz bor.

Yakuniy natija, ko'p narsaga ta’sir qiladi, ammo mening fikrimcha, bu yil biz uchun juda yaxshi kelishi mumkin. Agar Fransiya chempioni bo'lmasak - tragediya bo'ladi. Biz barcha sovrinlarni qo'lga kiritmoqchimiz" - deydi Matyuidi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal