Matich: "Ustunligimizni saqlab qolamiz deb o'ylayman"
Aziz Tukhtamuradov
13 apr 2015, 19:09
"Chelsi" futbolchisi Nemanya Matich KPR ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Agar MYU va "Arsenal"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonsak ko'p narsa hal bo'ladi. Ushbu raqiblarga qarshi o'yin oson bo'lmaydi. Oldimizda 7 o'yin turibdi va sovrin yutish uchun 4 ta o'yinda g'alaba qozonsak bo'ldi", - deydi futbolchi.