Mateu Alemani "Barselona"ning sport direktoriga aylanadi
8 mar 2021, 20:32
"Barselona"ning yangi prezidenti Joan Laporta jamoaning sport direktori lavozimiga Mateu Alemani nomzodini taklif qildi.
- Men Mateuning bilimlarini juda qadrlayman, u zamonaviy futbolni juda yaxshi biladigan inson. Tez orada biz uning nomzodini muhokama qilamiz, - Laportaning so'zlaridan iqtibos keltirdi "El Mundo Deportivo".