Materacci: "Asosiysi, "Inter" "Milan"dan kuchliroq ekanligini biladi"

Omonjon To`xtamirzayev
23 noya 2025
Yana bir necha soatdan keyin Italiyaning asosiy derbilaridan biri bo'lib o'tadi.

O'z vaqtida ushbu to'qnashuvda ishtirok etgan futbolchilar bo'lajak bahs oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashishmoqda. "Inter"ning sobiq himoyachisi Marko Materacci ham bundan chetda qolmadi va "La Gazzetta dello Sport"ga intervyu berdi.


"Inter"ning kuchi haqida
"Yetakchi jamoaning muhim jihati - sen "Milan"dan kuchliroq ekanligingni bilish. Va bu asosiysi. Ha, "Milan" ham yomon holatda emas, ularning tarkibida kuchli shahslar bor, ajoyib markaz va murabbiy bor. Allegri balki yorqin o'yin ko'rsatmas, lekin nima qilayotganini doimo yaxshi biladi.


"Inter" favoritmi? 
Bunday o'yinlarda maydondagi voqealar har qanday fikrni yo'qqa chiqarishi mumkin. O'tgan yilni eslang: biz birorta uchrashuvda yuta olmadik. Superkubokdagi 2:3 esa - o'tgan mavsumni aks etuvchi holat: biz cho'ntagimizdagi sovrinlarni qo'ldan chiqardik. Albatta, Skudetto haqida ham o'ylayapman".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport