Mata: "Menga Sancho yoqadi, u ajoyib o'yinchi"

Alisher
23 iyun 2020
Ispaniyalik Dortmundda o'ynayotgan yarim himoyachi haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted" xavbeki Xuan Mata "Borussiya" (Dortmund) vingeri Jeydon Sancho haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Nima deyishimni xohlaysiz? Biz uni ajoyib o'yinchi ekanligini bilamiz.

Sancho "Borussiya"da fantastik mavsum o'tkazmoqda, ammo bu haqda gapirishga majbur emasman. Albatta, u menga o'yinchi sifatida yoqadi", - deydi Mata.

Eslatib o'tamiz, Sancho "Manchester Yunayted"ga shu yozda o'tishi mumkin. O'yinchi "qizil iblislar" safiga o'tishga rozilik bildirgani haqida xabarlar bor.


AlisherMuallif
Manba: goal.com