

“ Klubning amaldagi bosh murabbiyi Sakaev Ildar Usmanovich klub texnik direktori lavozimiga o'tkazilganligi munosabati bilan jamoa bosh murabbiyligiga tajribali mutaxassis Sergey Ivanovich Lushchan tayinlandi.
53 yoshli murabbiy Toshkent shahrida tug'ilgan. U futbolchilik faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", Rossiyaning "Krylya Sovetov" hamda "Rostov" klublari safida to'p surgan.
Murabbiy sifatida esa "Bunyodkor", "So'g'diyona", "Dinamo" (Samarqand), Belarusning "Shaxtyor" (Soligorsk) va "Shaxtyor" (Petrikov), shuningdek, Namanganning "Navbahor" klublarida faoliyat yuritgan. Uning so'nggi ish joyi "Navbahor" bo'lib, 2024–2025-yillar davomida jamoani boshqargan.
"Mashal" futbol klubi Sergey Ivanovich Lushchanni bosh murabbiy lavozimiga tayinlangani bilan tabriklaydi hamda jamoamiz bilan yuksak natijalar va ulkan zafarlarga erishishini tilaydi.
Shu bilan birga, klub rivojiga qo'shgan munosib hissasi uchun Sakaev Ildar Usmanovichga minnatdorlik bildiramiz va texnik direktor sifatidagi yangi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, - deyiladi muborakliklar matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.



