
Bundan tashqari Allegri jamoa ushbu mavsumda Italiya chempionligini qo'lga kiritish uchun bor kuchini ishga solishini aytib o'tdi.
- Biz asosan himoya chizig'i bilan ko'proq ish olib borishimiz kerak. Chunki so'nggi to'rtta o'yinda 7 ta gol o'tkazib yubordik. Jamoa yaxshi o'ynadi, biroq ikkita axmoqona gol o'tkazib yubordi. Shu bilan birgalikda biz vaziyatlardan unumli foydalanish ustida ish olib borishimiz zarur. Bizda kelasi o'yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt etarli. O'z ustimizda ishlashda davom etishimiz kerak.
Eslatib o'tamiz, neapolitanliklar “Milan” maydonida 1986 yildan buyon g'alabaga erisha olmayotgan edilar.