Napoli Barselona futbolchisi Xaver Maskeranoni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Italiyaliklar jamoasi Argentina terma jamoasining 29 yoshli futbolchisi uchun 15 million evro berishga tayyorlar. Lekin, Maskeranoning o'zi faoliyatini "Napoli"da davom ettirishni istamayapti.
Futbolchiga shuningdek, sobiq jamoasi "Liverpul" tomonidan ham qiziqish bildirilmoqda.