Maskerano: "Argentina terma jamoasi Amerika Kubogida muvaffaqiyatga tayyor"

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2015, 17:12
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Xaver Maskeranoning takidlashicha, uning jamoasi Amerika Kubogida chempion bo'la oladi.

"Har birimiz terma jamoa bilan sovrin yutishni istaymiz. So'nggi yillar davomida amalga oshirilgan mehnatning mevasini ko'rishni xohlaymiz. Jahon chempionatidagi ikkinchi o'ringa Amerika Kubogi sovrinini qo'shib qo'ysak yaxshi bo'lar edi.

Argentina terma jamoasi turnirda muvaffaiyat qozonishga tayyor. Jamoamiz kuchli ekanligini bilish uchun, tarkibga nazar tashlashning o'zi etarli. Aynan shu sabab biz g'alaba haqida o'ylayapmiz" - deydi Maskerano.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com