

Misrlik jurnalist Omar Yassinning insaydiga ko'ra, Afrikaning eng sovrindor klubi o'zbekistonlik futbolchini 600 ming dollarga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqda. To'la transfer esa 2 mln dollarga amalga oshadi. Shuningdek, 28 yoshli o'yinchi yangi jamoasida yiliga 1,5 mln dollar ishlab topishi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, vinger 2021 yilning yanvarida “Paxtakor”dan “Al Nassr”ga o'tdi. U ijara asosida ma'lum vaqt “Shabab Al Ahli” (BAA)da to'p tepdi.

Manba: Jaloliddin Masharipov Afrika klubi bilan shartnoma imzoladi



