"Mashal" tatilga chiqdi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2017, 12:00
Oliy liganing birinchi davrasini 8-o'rinda yakunlagan "Mashal" jamoasi 11 iyulga qadar qisqa muddatli tatilga chiqdi.

Ayni vaqtga kelib jamoani rasman, tojikistonlik legioneri Umedjon Sharipov tark etib bo'lgan. Tarkibda  boshqa futbolchilar hozircha jamoa bilan birgalar. 11 iyuldan boshlab jamoa yana o'z yig'inini boshlaydi.

Tarkibda albatta bir qator o'zgarishlar va transferlar bo'lishi kutilmoqda. Yangiliklar  va voqealarni keyingi sahifalarimizda batafsil yoritib boramiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz