Mashal - Olmaliq uchrashuvining boshlanish vaqtlari ma'lum

Oliy liganing 4-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Olmaliq" bahsi Muborakdagi Bahrom Vafoev nomli markaziy maydonda bo'lib o'tadi.
Yakshanba kuni bo'lib o'tadigan mazkur bahsning boshlanish vaqtlari ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra 11 aprel kuni bo'lib o'tadigan yoshlar ligasi bahsi ikkinchi maydonda 16:30 da start oladi. Bu o'yinni toshkentlik hakam Jasur Muxtorov boshqarib boradi.

Bir kundan so'ng markaziy  maydonda asosiy tarkib jamoalari bahsi bo'lib o'tadi. Bu o'yin 17:00 da start oladi. Oldin xabar berib o'tganimizdek "Olmaliq"qa qarshi o'yinni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Eslatib o'tamiz ushbu o'yin 12 aprel kuni Muborakda bo'lib o'tadi.

Yoshlar ligasi, 4-tur.
11 aprel (shanba)
Mashal (Muborak) – Olmaliq (Olmaliq)  16:30
Hakam:
Jasur Muxtorov (Toshkent).
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).

Oliy liga, 4-tur.
12 aprel (yakshanba)
Mashal (Muborak) – Olmaliq (Olmaliq)  17:00
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), A. Marajabov (Andijon), Z. Abduraxmanov (Andijon), J. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).


Manba: fcmashal.uz