"Mashal": Derkach qaytdi, Pavlenko jamoamiz a'zosi

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2016, 15:01
Ikkinchi davra oldidan "Mashal" o'z safini ikki legioner futbolchi bilan to'ldirdi.

Muxlislarga 2014 yildagi o'yinlari bilan yaxshi tanish bo'lgan Andrey Derkach yana jamoamiz safiga qaytgan bo'lsa, ukrainalik boshqa bir futbolchi Vladislav Pavlenko jamoamizning yangi a'zosiga aylandi. Har ikki ukrainalik futbolchi "Mashal" bilan shartnoma imzoladi va mavsumning ikkinchi qismini "gazchilar" jamoasida davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, Andrey Derkach jamoamizga "Qizilqum" safidan kelib qo'shilgan bo'lsa, markaziy himoyachi Vladislav Pavlenko "Navbahor"dan safimizga kelgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz