Martins Indi "Kristal Pelas"ga o'tadi

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2017, 17:50
Gollandiyalik himoyachi Bruno Martins Indi Portugaliyaning "Portu" jamoasini tark etadi.

"Portu" himoyachisi Bruno Martins Angliyaning "Kristal Pelas" jamoasiga ko'chib o'tadi. Bu haqida The Times nashri xabar bermoqda. Tomonlar gollandiyalik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan. Portugaliyaliklar futbolchining transferidan 12,5 million funt ishlab oladi. Eslatib o'tamiz, avval Bruno Martins Angliyaning "Stok Siti" jamoasida ijara asosida to'p tepgan. Martins ushbu jamoa safida 37 marotaba maydonga tushib raqiblar darvozasini 1 marotaba ishg'ol qilgan. 


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: footballhd.ru