"Marsel" David Luiz bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
2 sen 2021
"Arsenal" sobiq himoyachisi David Luiz faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Marsel" 34 yoshli braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, o'yinchini o'z jamoasida bosh murabbiy Xorxe Sampaoli ko'rmoqchi. Braziliyalik hozirda erkin agent maqomida.

David Luiz 2020/21 yilgi mavsum "Arsenal" safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Globo Esporte