Marotta: "Konteni olib qolish uchun barcha ishni amalga oshiramiz"

19 may 2014, 00:23
"Yuventus" jamoasi bosh direktori Juzeppe Marotta klub Antonio Konteni saqlab qolmoqchi ekanligini aytib o'tdi.

Bugun biz hech narsani e'lon qilmoqchi emasmiz.
Ushbu kechada faqat chempionlik bayramini o'tkazmoqchimiz. Biz ajoyib mavsumni o'tkazdik va endi bemalol mehnatlarimiz samarasini bayram qilamiz.
Ertadan esa yangi mavsum boshlanadi. Kun tartibidagi asosiy masala bu jamoa bosh murabbiyini saqlab qolish bo'ladi. Biz xotirjammiz. Konteni olib qolish uchun barcha ishni amalga oshiramiz.


Manba: soccer.ru