Marokash - Ispaniya o'yinida Ilgiz Tantashev almashtirildi. Nega?

Aslanov Jasurbek
5 avg 2024
Marokash hamda Ispaniya terma jamoalari o'rtasida Olimpiada yarim final bahsi qisqa muddatga to'xtab qoldi.

Ushbu bahsni o'zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib borayotgan edi. Bosh hakam Ilgiz Tantashevga qanotlarda Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam berishayotgandi. O'yin boshida ikki jamoa futbolchilari o'rtasiagi to'qnashuvda Tantashev ham jarohat oldi. Bosh hakamga tibbiy yordam ko'rsatilishiga qaramasdan o'zbekistonlik referi uchrashuvni boshqara olmasligini ma'lum qildi. Uning o'rnini to'rtinchi hakam Glenn Niberg egalladi.

Vaziyat videosini Telegram kanalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin: @championatasia



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia