Marlen Chobanov Iroq chempionatiga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2025, 12:34
Tojikistonda "Istiqlol" bilan chempionlikka erishgan Marlen Chobanov faoliyatini Iroqda davom ettiradi.

25 yoshli markaziy himoyachi Iroq chempionati vakili "Arbil" safiga qo'shildi.

Futbolchi ilgari "Paxtakor", "Turon" va "Andijon" jamoalarida harakat qilgan. Transfermarkt portali uni 100 ming evroga baholagan. 

Ma'lumot uchun, "Arbil"da o'zbekistonlik hujumchi Sherzod Temirov o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia