Markus Reshfordga asosiy da'vogar ma'lum

Khoja
13 dek 2024, 10:51
Avvalroq Manchester Yunayted Markus Reshfordni 40 million evroga sotib yuborishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Bugun 27 yoshli futbolchiga asosiy da'vogar jamoa nomi e'lon qilindi. Markus Reshfordning xizmatlariga Barselona jiddiy qiziqish bildirmoqda va kataloniyaliklar ushbu futbolchi uchun kurashda yetakchilik qilishmoqda.

Barselonadan tashqari futbolchiga PSJ va Bavariya klublari qiziqish bildirmoqda.

Ushbu jamoalar Markus Reshfordning transferini qishda emas, balki yozda amalga oshirishni maqsad qilishgan. Yozga kelib ingliz futbolchisining narxi yanada tushishiga umid qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com