Marko Roys: "Qaytaraman: men "Borussiya" uchun o'ynayotganimdan juda xursandman"

Narzulla Saydullayev
5 avg 2014, 11:33
Jarohatdan qutilgan Dortmundning "Borussiya" futbolchisi yaqinlashib kelayotgan mavsumda faoliyatini nemis klubida davom ettirishini tasdiqladi.
"Oldin aytgan so'zlarimni qaytaraman: men "Borussiya" uchun o'ynayotganimdan xursandman.

Hozir men uchun eng muhimi - optimal formani tiklash. Qolgan hammasi ikkinchi o'rinda" - deydi Roys.

Eslatib o'tamiz, futbolchining "Borussiya" bilan shartnomasiga ko'ra, 2014/15 mavsumidan so'ng Roysning narxi 35 million evro bo'lishi kerak.

Oldinroq  futbolchi "Bavariya" yoki "Barselona"ga o'tishi haqidagi xabarlar paydo bo'lgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru