Markizio: “Pogba, “Yuventus”ga qayt!”

Aslanov Jasurbek
17 noya 2020, 07:59
“Yuventus” sobiq yarim himoyachisi MYU vakilini Turin klubiga qaytishga undadi.

Klaudio Markizio “Tvitter”dagi sahifasida Pol Pogbaning postlaridan biriga izoh yozib qoldirdi: “Iltimos, Pogba “Yuventus”ga qayt! Sen shunda yana baxtli bo'lasan. Men ham”.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Pol Pogba 2012-2016 yillarda “Yuventus” safida harakat qilgan. Keyin MYUga qaytgandi. Joriy mavsum futbolchi Myu safida 11 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Express