Mario Gomes "Volfsburg"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2016
"Fiorentina" hujumchisi, hozirda "Beshiktosh" sharafini himoya qilayotgan Mario Gomes faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchi "Volfsburg"dan taklif olgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis klubi Gomes uchun 14 mln. evro to'lashga tayyor. Agar Mario "bo'rilar" safiga o'tsa, ular bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi. Oldinroq Gomes faoliyatini turk klubida davom ettirmoqchi ekanligini aytgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal