Mario Gomes faoliyatini yakunladi

Biroz avval "Shtutgart" Bundesliga yo'llanmasini qo'lga kiritgani haqida xabar qilgandik.

Shundan keyin "Shtutgart"ning 34 yoshli hujumchisi Mario Gomes faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Gomesga "Shtutgart" va "Bavariya" klublari mutasaddilari jamoalarning muvaffaqiyatiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Nemis forvardining eng gullagan davrlari "Bavariya"da (2009-2013) o'tgandi. Gomes Myunxen klubi safida 113ta gol urgan, 3 bor Germaniya chempioni, shuningdek, YCHL-2012/13 g'olibiga aylangan edi.

"Super Mario" Germaniya terma jamoasi bilan 2010 yilgi mundialning bronza medaliga ham sazovor bo'lgan.


Manba: twitter.com/VfB