Mario Gomes: Lam 40 yoshgacha futbol o'ynay oladi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2014, 09:51
Fiorentina hujumchisi Mario Gomes Filipp Lamning Germaniya terma jamoasi safidagi faoliyatini tugatishi borasidagi qaroridan hayron qoldi.
Lam termadagi faoliyatini tugatgani haqida eshitib hayron qoldim. U yuqori saviyada 40 yoshgacha o'ynay oladi. Birga o'ynagan futbolchilar orasida eng yaxshisi aynan u. Aren Robben va Frank Riberi qoyilmaqom futbolchilar, ammo Lam – shunchaki ajoyib, – deydi Gomes.

Germaniya terma jamoasi safida Lam so'nggi uchta Jahon chempionatda ishtirok etdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru