

Yakshanba kuni "Chelsi" "Arsenal"ga qarshi birinchi bo'lim oxirida Moyzes Kaysedoning qizil kartochkasi tufayli 10 kishi bilan o'ynaganiga qaramay, 1:1 hisobida durang o'ynadi.
"Menimcha, biz to'g'ri yo'nalishda harakat qilayotganimizni ko'rsatdik. Men har doim bir xil narsani aytaman. O'yinimiz ajoyib edi. To'liq tarkib bilan raqiblarimizdan ancha yaxshiroq edik, lekin 10 kishi bilan ham bir amalladik.
Biz eng yaxshi echimni, bo'shliqni topishga urindik. Malo Gyusto va Estevaoning qanotlarida bo'sh joy borligini bilardik. Bugun g'alaba qozonmagan bo'lsak-da, xursand bo'lishga sabablar bor.
O'ylaymanki, o'tgan mavsumdagidan ko'ra kuchliroqmiz. Fevral va mart oylarida qaysi pog'onada bo'lishimizni ko'ramiz, keyin esa maqsadlarimiz bo'yicha bir to'xtamga kelamiz", – dedi Mareska.



